HTML va CSS boshlang‘ich tushunchalar

28-Apr, 17;40 Mirshohid 371
2013-yilda mobil saytlar yaratishni o‘rganayotgan vaqtim ko‘plab qiziq holatlar bo‘lgan va bu holatda men o‘rganmoqchi bo‘lgan narsalarni bilgan boshqa odamlar ma'lumotlarni ulashishni xohlashmagan. Keyinchalik esa menda menda quyidagi savollar paydo bo‘la boshlagan edi:
Sayt yaratishni o‘rganmoqchi bo‘lganimda meni quyidagi savollar qiynagan edi.
- Qanday qilib sayt yaratishni o‘rgansam bo‘ladi?
- Sayt yaratish uchun eng yaxshi dastur qaysi?
- Murakkab dasturlash tillarini o`rganishim kerak mikan?
- O‘zim xohlagandek sayt yaratishim qiyin bo‘lsa kerak?
Hozirga kelib o‘sha vaqtda ham ko‘plab ma'lumotlar borligi va ulardan unumli foydalana olmaganimdan afsuslanaman. Lekin ma'lum sabablarga ko'ra bu sohadan uzoqlashganman. Bu haqida quyida o‘qishingiz mumkin.

Lekin hozirgi kunda rus va ingliz tillarida ma'lumotlar juda ham ko‘p, keragidan ham ortiq aslida. Ammo ona-tilimizda o‘rganishga yetmaydi.
Bir necha yillar oldin, ushbu sohani o‘zim uchun yetarli darajada o‘rganib, qiziqib yurgan vaqtlarimda respublika tanlovi uchun videodarslar tayyorladim va boshqa loyiha bilan chiqib, eng muhimiga ulgira olmaganman. Lekin keyinchalik ushbu darslarni ommaga taqdim etib ulgurdim. 
Hozir o'sha vaqtdagi barcha videodarsliklarni aynan ushbu sayt orqali ko'rishingiz va siz ham HTML, CSS ga doir boshlang'ich tushunchalarni o'rganish imkoniyatiga egasiz. 

Texnik ma'lumotlar:
Videolarning umumiy soni: 17 ta
Videolarning umumiy davomiyligi: 2 soat 33 daqiqa
Video formati: MP4 (1366x768 HD)
Ovoz (Audio): mono

Videodarslar to‘plamidagi qo‘shimcha darslar