Telegramda sticker to‘plam yaratish

30-Apr, 16;37 Mirshohid 565
Sizlar bilan 1-darsimizda Adobe Photoshop dasturida Telegram stickerlari uchun rasm tayyorlashni ko‘rib chiqqan edik. Endi tayyorlagan rasmimizni qanday qanday qilib telegramga qo‘shish, ya'ni to‘plam holatiga keltirishni va @stickers botidagi boshqa buyruqlarni sizlar bilan ko‘rib chiqamiz. Hozirda /start dan so‘ng bajarishingiz kerak bo‘ladigan buyruq bu /newpack. Shundan so‘ng to‘plam nomini kiritasiz hamda rasmlaringizni fayl holatida yuborishingiz kerak. !Unutmang, bu eng muhim qism hisoblanadi, hamda rasm o‘lchami 512x512 piksel bo‘lishi va 250kb dan oshmasligi lozim. Omad.
Eslatma! Ushbu videodars birinchi 2016-yil boshida tayyorlangan darslardan so'ng qayta tayyorlangan. To'liq videodarslarni YouTube kanalim orqali ko'rishingiz mumkin.