Universitet moodle tizimidan foydalanish

02-May, 21;59 Mirshohid 2 597
Hozirgi sodir bo‘layotgan hodisalarni hisobga olgan holatda O‘zbekistondagi barcha universitetlar o‘zining masofaviy platformalarini ishga tushura boshlashdi. Ushbu platformalar sodda shaklda, Moodle tizimi yordamida yaratilgan va o‘ziga yarasha ko‘plab qulayliklari mavjud. Ammo ko‘plab universitetlar ushbu platformadan birinchi marotaba foydalanayotgani uchun talabalar tizimdan qanday foydalanish kerak ekanligini tushuna olishmayotganini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Shularni hisobga olgan holatda o‘zimning qisqa muddatda tanishib chiqqan tajribamni sizlar bilan ulashishga qaror qildim va videodars tayyorladim.


O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining masofaviy ta'lim platfomasiga quyidagi link orqali o‘tishingiz mumkin. Eslatma, videoda aytib o‘tilganidek, platformaga kirish uchun login hamda parolni guruh rahbaringizdan olishingiz mumkin.
Agarda sizda qandaydir savol yoki taklif mavjud bo‘lsa ushbu postning izohlar qismiga yozib qoldiring.

*videodars youtube kanalimda yopiq holatda, faqatgina videoning linki yoki ushbu sayt orqali ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Rahmat