Videomontaj bo‘yicha bepul videokurs

09-May, 22;23 Mirshohid 339
Hozirgi kunda media sohasida, umuman olganda videomontajni kelajak kasbi deb barcha jar solmoqda. Shu sababli ko‘plar shu sohani o‘rganishga bel bog‘lashgan. Lekin internetni aylanib chiqqanimda aynan ushbu sohaga ya'ni videolarni montaj qilishga qaratilgan video yoki postlar deyarli yo‘q ekan. Qisman mavjud, lekin to‘liq emas. Ammo qiziqishi bo‘lgan odamlar nima qilib bo‘lsa ham izlanish qilishadi, o‘rganishadi. Aslida men ham shular jumlasidan bo‘lganman va ko‘p izlanib, mana hozir shu sohada yaxshi ishda ishlamoqdaman.
Endi maqsadga o‘tadigan bo'lsak. Aynan ushbu videomontaj sohasida o‘z bilimlarimni barcha bilan ulashishga qaror qildim. O‘ylaymanki o‘zbek tilida, ketma-ket va bepul o‘rgatiladigan darslar barchaga manzur keladi. Lekin barcha bepul bo‘lsa sifat past bo‘ladi, hech narsa o‘rgatishmaydi deb o‘ylashi mumkin. Ammo men to‘liq, bepul o‘rgatishga qaror qildim va bu ishga mahkam kirishdim. Albatta ma'lum kamchiliklar bo‘lishi mumkin, lekin mavjud tajribamdan kelib chiqqan holatda barcha ma'lumotlarni sizlar bilan ulashib boraman. 
Qulay tomoni barchaning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holatda ikkita dasturda ya'ni Adobe Premiere pro va Wondershare filmora 8.7 dasturlarida videolarni montaj qilishni o‘rgataman. Bu degani siz o‘z kompyuteringizni texnik holatidan kelib chiqqan holatda yuqoridagi ikkita dasturdan birini tanlab, o‘rganib, videolaringizni montaj qilishingiz mumkin. Dasturlarni esa darslar boshlanganidan so‘ng qayerdan bepul yuklab olish mumkin ekanligini aytaman. Hozirda ularni barchasini kerakli va sizlar uchun yuklab olish oson bo‘lgan joylarga joylashtirganman.


Videodarslarni haftada 3 kun (dushanba, chorshanba, juma kunlari) YouTube kanalimga joylab boraman. Bundan tashqari darslarni to‘liqroq holatda, kichik post bilan ushbu saytga ham joylab boraman. Hamda sizda qanday savollar bo‘ladigan bo‘lsa izohlarda yozib qoldiring, qo‘limdan kelganicha yordam berishga harakat qilaman. Shu bilan birga takliflarga qarab qo‘shimcha videodarslar tayyorlashim mumkin va u haftaning yakshanba kuni, alohida joylab boriladi. Umid qilamanki ushbu videodarslar barcha uchun manfaatli va foydali bo‘ladi. Omad.