Adobe Premiere Pro interfeysi (1-dars)

11-May, 10;00 Mirshohid 540
Adobe Premiere Pro dasturi Adobe kompaniyasining dasturlaridan biri hisoblanadi va uning asosiy vazifasi videolarni tahrirlash (montaj qilish). Dastur yordamida siz turli xil videolarni montaj qilish imkoniga egasiz. Klipdan tortib kinogacha. Hamda dastur yordamida o‘z videolaringizga qo‘shimcha effektlar qo'shishingiz, ovozlarini sozlashingiz hamda shunga o‘xshash bir qancha amallarni bajarishingiz mumkin.
Quyidagi birinchi darsimizda sizlar bilan Adobe Premiere Pro dasturini bepul yuklab olish  hamda o‘rnatishni o‘rganamiz va qisqacha dastur interfeysi bilan tanishib o‘tamiz. Shu bilan birga videodars davomida videomontaj uchun aynan  qanday turdagi kompyuter kerak ekanligi haqida ham ma'lumotni ko‘rishingiz mumkin. 
Odatda ushbu dasturdan foydalanish uchun kamida Intel core-i5 protsessori, 8 gb tezkor xotira va 2 gb o‘rta turdagi  videokarta kerak bo‘ladi. Bunday turdagi laptop (notebook)larni bozorlarimizdan 400-600$ dan boshlab topishingiz mumkin. Nega aynan shaxsiy kompyuter emas? Chunki darslar davomida o'zim laptop orqali tushuntiraman va shu sababli o‘zim bilgan tomonda tavsiyalar berishga harakat qildim.
 

Men foydalanadigan laptop Lenovo  legion Y-530, intel core i7-8750H, 16 gb tezkor xotira hamda NVidia GTX 1050ti 4gb videokarta. Lekin darslar davomida bunchalik katta texnik xususiyatlardan foydalanmaymiz, sababi darslarni ilojisi boricha oddiy va boshlang‘ich o‘rganuvchilar uchun tayyorlab, tushuntirib boraman.
Dars davomida  aytib o'tilgan Adobe Premiere Pro dasturining repack versiyasini quyidagi link orqali yuklab olishingiz mumkin.
Muhim eslatma! Agarda laptop orqali videomontaj qilsangiz, iltimos kompyuteringizni albatta quvvatlash(elektr tarmog‘i)ga qo‘ying. Sababi ish jarayonida kompyuteringiz kerakli natijani ko‘rsata olmasligi va quvvati tez tugab qolishi mumkin.