Qo‘shimcha ishchi oyna bilan ishlash (2-dars)

13-May, 10;00 Mirshohid 427
Bundan oldingi birinchi, Adobe Premiere Pro dasturida videomontaj qilish bo‘yicha darsimizda videomontaj uchun boshlang‘ich darajadagi kompyuter tanlash, dasturni qayerdan, qanday qilib xavfsiz yuklab olish, uning interfeysi, qaysi oynalar qaysi joyda joylashganini ko‘rib chiqqan edik.
Ikkinchi darsimizda asosan hozirda ommabop 2 ta kodek (video turi), bepul, mualliflik huquqini talab qilmaydigan musiqa va videolarni qayerdan yuklab olish, shu bilan birga dasturdagi Source monitor (ya'ni qo‘shimcha ishchi oyna) bilan tanishib, undagi elementlarni barchasini ko‘rib chiqamiz.
Yuqorida aytib o‘tilgan 2 ta kodeklardan hozirda keng foydalaniladi. H.264 asosan barcha kameralarda mavjud va u MPEG-4 hisoblanadi, bundan tashqari bir qancha eski kodek, lekin barcha qurilmalar, jumladan windows operatsion tizimi ham qo‘llaydi. H.265 esa ko‘proq professional kameralar, 4K yoki 8K sifatdagi videolarni olishda qo‘llaniladi, hattoki iPad yoki iPhone foydalanuvchilarida ushbu kodek mavjud va standart kodek hisoblanadi. Lekin sozlamalarni H.264 ga tushirib telefonda yoki boshqa texnikalarda video olgan yaxshi. Sababi bu bir qancha qulaylik yaratadi. Odatda barcha oddiy texnikalarda H.264 da bo‘ladi. Unchalik e'tibor berish ham shart emas, agarda siz Apple foydalanuvchisi bo‘lmasangiz albatta.


Yuqoridagi videodars orqali ko‘proq ma'lumot olishingiz mumkin. Agarda jarayonlar davomida sizda muammo paydo bo‘lsa izohlar qismida yozib qoldirishingiz mumkin.

Adobe Premiere Pro dasturini quyidagi link orqali yuklab olishingiz mumkin.