Filmora dasturida videomontaj (1-dars)

15-May, 10;00 Mirshohid 495
Bundan oldingi videomontaj bo‘yicha videodarslarimda aytib o‘tganimdek, oddiy kompyuter foydalanuvchilari uchun ham videodarslar tayyorlab sizlar bilan haftaning har juma kuni ulashib boraman va quyida birinchi videodarsni ko‘rishingiz mumkin. Aynan ushbu yo‘nalishda videodarslar ko‘p bo‘lmasligi mumkin, sababi foydalanadigan dasturimiz juda yengil, foydalanish uchun qulay, sodda va biz xohlagandanda ko‘ra ko‘proq imkoniyatlarga ega.
Tanlangan dastur Wondershare Filmora dasturining 8.7 versiyasi va ushbu dasturni quyidagi link orqali yuklab olishingiz mumkin. Nega aynan ushbu versiya? Hozirda dasturning 9-versiyasi mavjud, lekin men tanlaganim birmuncha sodda va barcha turdagi kompyuterlar bemalol qo‘llay oladi va unda qo‘shimcha pre-render timeline funksiyasining mavjudligi. Buni dasturdan foydalanish davomida ko‘rishingiz mumkin.  Bundan tashqari Adobe After Effects yoki Premiere Pro dasturlari yordamida ko‘plab bosqichlarda tayyorlanadigan effekt yoki transition(perexon)larning tayyorlaridan foydalanish imkoniyati va hakazo. 30 daqiqalik videodars davomida barcha ma’lumotlar bilan tanishib, dasturda boshlang‘ich ishlashni o‘rganishingiz mumkin. Omad.


Yuqoridagi videodars orqali ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin. Agarda jarayonlar davomida sizda muammo paydo bo‘lsa izohlar qismida yozib qoldirishingiz mumkin.

Wondershare filmora 8.7 dasturini quyidagi link orqali yuklab olishingiz mumkin.