Timelineda ishlash va sequence yaratish (3-dars)

18-May, 10;00 Mirshohid 302
Doimo Adobe Premeire Pro dasturida ish boshlash uchun bizga asosiy ikkita narsa kerak bo‘ladi. Ulardan biri sequence va timeline. Agarda bu terminlar haqida bilsangiz, to'liq tushuntirishimning hojati yo‘q. Aslida esa ularni o‘zbek tilida qanday aytilishini bilmayman ham (uzr).  Ushbu darsimizda yangi sequence yaratishni va timeline'dagi biz doim foydalanadigan qo‘shimchalar bilan ishlashni ko‘rib chiqamiz. 


Deyarli barcha ma’lumotlar videodars orqali to‘liq tushuntirilgan va o‘ylaymanki ular haqida kichik izohlar qoldirishim shart emas, sababi barchasi amaliy ko‘rib, o‘rganiladigan tushunchalar hisoblanadi. Qisqaroq ma’lumot beradigan bo‘lsam, dars davomida yangi sequence oshishning bir nechta usullari bilan tanishishingiz mumkin (drag & drop, manual va shunchaki video orqali). Bundan tashqari Timeline oynasida mavjud elementlarning vazifalari va undagi qo‘shimcha hamda biz uchun kerak bo‘lgan bo‘limlar bilan tanishib o‘tamiz.