Selection va track selection tool (4-dars)

20-May, 10;00 Mirshohid 314
Adobe Premiere Pro dasturida umumiy 8 ta tool ya’ni ish asbobi (vositasi) mavjud va ushbu dars orqali sizlar bilan ularning eng muhimi hisoblangan Selection va Track selection tool'lardan qanday foydalanish haqida gaplashamiz. Umumiy qilib aytganda ushbu ish vositalaridan doim foydalanamiz va ularsiz ishlarimiz umuman o‘xshamaydi. Standart holatda ushbu vositalarni A(ctrl+A) va tezkor tugmalari orqali chaqirishimiz mumkin. Bunda V - selection tool, A - track select forward tool, ctrl+A - track selection backward tool uchun.


Ikkala vosita (ya’ni tool) haqida qisqacha ma‘lumot beradigan bo'lsam, selection tool - oddiy lekin muhim ya’ni timelinedagi layer(qatlam)larni joylarini almashtirish, aynan belgilangan layerni kesish kabi vazifani bajaradi. Track select forward tool esa aynan timelineda surish yoki siljitilishi kerak bo'lgan joydan boshlab barcha layerlarni tengidan surish uchun xizmat qiladi (amaliy holatda videodarsda ko‘rishingiz mumkin.