Filmorada matnlar bilan ishlash (2-dars)

22-May, 10;00 Mirshohid 311
Filmora dasturida matn (text)lar bilan ishlash qiziqarli va ko‘rinishidan oson mavzu. Ushbu videodarsda sizlar bilan filmora dasturida matnlar bilan ishlashimiz mumkin bo‘lgan barcha usullarni ko‘rib, o‘rganib o‘tamiz. Dasturning interfeysi sodda bo‘lgani uchun barchasi bir xil oynalarda bajariladi, faqatgina ish jarayoni murakkablashishi va qo‘shimcha oynalarga murojaat qilinishi mumkin. Birinchi holatda tayyor text presentdan foydalangan holatda kerakli present(shablon)larni timelinega joylaymiz. Shu bilan Basic settings yordamida biz matnni tahrirlashimiz, ranglari va font(shrift)larini o‘zgartirishimiz mumkin bo‘ladi. Keyingi holatda esa Advanced text edit orqali yozilgan matn uchun style yoki animation moslashimiz mumkin. Barchasi bir necha click yordamida bajariladigan jarayon. To‘liq amaliy ishlarni videodarsda ko‘rishingiz mumkin.


Dasturda o‘zimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri matnlarni yozib keta olmaymiz. Bu kichik kamchilik bo‘lishi mumkin. Lekin animatsiyasi kam va effektlar ko‘p ishlatilmagan presentdan foydalangan holatda biz o'zimizning shaxsiy present(shablon)ni tayyorlab olib, keyinchalik xohlagan vaqtimizda va joyimizda ishlatishimiz mumkin.

Wondershare filmora 8.7 dasturini quyidagi link orqali yuklab olishingiz mumkin.