Ripple va Rolling editing tool (5-dars)

25-May, 10;00 Mirshohid 299
Adobe Premiere Pro dasturida videolar bilan ishlash bo‘yicha ko‘plab ish qurollari mavjud. Bundan oldingi darsimizda track selection dan foydalanishni ko‘rib chiqqan edik. Bugungi darsimizda o‘rganadigan ish qurollarimiz undan farqli o‘laroq ishimizni bir necha marotaba tezlashtiradi. Ya’ni timelineni o‘zida video kesishda vaqt tejaydi. Bular Ripple va Rolling edit toollardir. Bularni chaqirish uchun mavjud tezkor tugmalar mavjud. Ular B - ripple edit tool, N - Rolling edit tool. Bundan tashqari Rolling edit tool'ni timeline'ni o‘zida CTRL ni bosib turgan holatda chaqirib, foydalanishimiz mumkin. 


Sizda hozirgi darslarni ko‘rib, savol paydo bo‘lishi mumkin, nega aynan darslar mayda holatda va har bir ishchi qurolga e’tibor qaratilgan deb. Buning asosiy sababi ushbu darslar videomontaj qilishni endi Adobe Premiere Pro dasturida o‘rganishni boshlaganlar uchun. Shu sababli ham hozirda dasturdagi barcha boshlang‘ich narsalarni sizlar bilan ko‘rib chiqib, o‘rganamiz. Keyinchalik esa dasturning boshqa murakkabroq qismlari haqida gaplashamiz. Omad