Maskalar bilan ishlash (2-qism, 16-dars)

01-Jul, 10;00 Mirshohid 84
Maskalar bilan ishlash butun boshli bir katta mavzu. Shuning uchun 13-darsga qo‘shimcha sifatida ushbu darsimizda ham sizlar bilan Adobe Premiere Pro dasturida maskalar bilan ishlashni o‘rganamiz. Yaxshiroq va amaliy misolda albatta. Quyida tayyor videodan foydalanib, maskingni ishlatgan holatda videoni ichida 1 ta odamni 2 ta qilib, ular o‘rtasida suhbat videosini tayyorlaymiz.


Darslikda ko‘rsatilgan videoni tasvirga olish uchun boshlanishiga sizga shunchaki telefon, shtativ (tripod) va mikrofon kerak bo‘ladi. Agarda ovozsiz video tayyorlamoqchi bo‘lsangiz mikrofondan foydalanishingizning hojati yo‘q.