Yuguruvchi matn tayyorlash (17-dars)

13-Jul, 10;00 Mirshohid 208
Yangilik yoki shunga o‘xshash boshqa video yoki teleko‘rsatuvlarning pastki tomonida harakatlanib, aylanib o‘tuvchi yangilik yoki boshqa turdagi matnlarni ko‘p ko‘rishimiz mumkin. Aynan ushbu videodarsimizda crawling text ya’ni videoning pastida harakatlanib o‘tib ketuvchi matnni qanday qilib tayyorlashni o‘rganamiz.


Buni 2 xil usulda tayyorlashimiz mumkin. 1-usul juda ham oddiy, ya’ni oddiy matnimizni bir qatorga uzun qilib yozib, graphicsni ichki tomonidan transform moslab, keyframelar yordamida harakatlantirishimiz mumkin. 2-usul sodda va qulay, bunda legacy title yordamida alohida ichki fayl yaratib, 1 ta roll options bilan matnimizni harakatlantirishimiz mumkin bo‘ladi.