Videolarni render/export qilish (19-dars)

20-Jul, 10;00 Mirshohid 223
Bir necha oy davomida Adobe Premiere Pro dasturi bilan to‘liq tanishib, undagi ko‘p narsalarni sizlar bilan to‘liq o‘rganib chiqdik. O‘ylaymanki barcha darslarni yaxshi o‘zlashtirib, videolarni tahrirlash bo‘yicha yetarlikcha ma‘lumotlarni ololgansiz. Hozirgacha kattaroq amaliy ishlarni ko‘rib chiqmadik holos.
Bugungi videodarsimizda aynan ushbu dasturda tayyorlangan videolarni qanday qilib saqlashni ya’ni render qilishni o‘rganamiz. Bundan tashqari uning qo‘shimchalari, qanday holatda sifatli yoki sifatini va hajmini kamaytirib saqlashlarni ham ko‘rib chiqamiz. 
Timelineda video tayyor bo‘lganidan so‘ng uni File > Export > Media orqali yoki CTRL + M ketma-ketligi bilan render oynasiga chaqirib, videolarni saqlashimiz mumkin. Agar barcha sozlamalar tayyor holatda bo‘lsa shunchaki Export tugmasini bosib videoni saqlab qo‘yish mumkin. Agar sifatini kamaytirmoqchi bo‘lsak birinchi navbatda videoning ko‘rinish o‘lchamini 360p larga keltirib bitrateni 0.8-1 qilishni o‘zi yetadi. Bunda video Telegram yoki boshqa tarmoqlarda tarqatish uchun yetarlikcha hajmga solib beradi. To‘liq sozlamalar bilan videodars davomida tanishib chiqamiz.


Bundan tashqari 19-dars davomida ishchi oynani qanday qilib tartiblagan yaxshiligi haqida ya’ni ularni qanday joylashtirish bo‘yicha bir qancha qiziq ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.