Videolarni hajmini kichraytirish (20-dars)

22-Jul, 10;00 Mirshohid 318
Ko‘p videolar saqlanganida ularning hajmi yetarlikcha katta bo‘lib ketishi aniq. Ushbu darsimizda sizlar bilan qo‘shimcha dastur ya’ni Handbrake yordamida videoni hajmini kichraytirishni, bundan tashqari Premiere Proni o‘zida ham kichik hajm bilan saqlashni o‘rganamiz hamda saqlangan ikkita videoni solishtiramiz. Handbrake dasturini handbrake.fr saytidan yuklab olishingiz mumkin, ushbu dastur mutlaqo bepul va hech qanday cheklovlarsiz foydalanishingiz mumkin.


Eslatma: Dars jarayonida ikkala usul ya’ni premiere pro va handbrake yordamida bir xil bitrateda saqlangan videolarning hajmida deyarli farq sezilmadi. Bu degani siz birdaniga videolaringizning hajmini premiere pro orqali pastroq bitrateda bir xil qilib saqlashingiz va kichik hajmlik videoga ega bo'lishingiz mumkin.