Zoom dasturidan telefonlarda foydalanish

23-Sep, 10;00 Mirshohid 123
Zoom dasturining mobil versiyasi kompyuter versiyasiga qaraganda oddiy va soddaroq. Agarda konferensiyalarda qatnashmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki dasturni yuklab olsangiz bo‘ldi, hech qanday ro‘yxatdan o‘tishni va dasturni sozlashni keragi yo‘q. 
Sizlar bilan ushbu darsda Zoom dasturini mobil versiyasini yuklab, undan ro‘yxatdan o‘tish, konferensiyalarni tashkil qilib, undagi boshqa sozlamalarni ko‘rib chiqamiz. Bundan tashqari dasturning to‘liq interfeysi bilan tanishib chiqamiz.
Mobil va kompyuter versiyalarining ishlashi unchalik farq qilmagani uchun bundan oldingi darsni ko‘rib, ko‘proq ma’lumotlarni o‘rganishingiz mumkin.