Telefonni veb kamera qilib ishlatish

25-Sep, 10;00 Mirshohid 140
Telefoningizni kompyuter veb kamerasi qilib ishlatishni o‘ylab ko‘rganmisiz? Ushbu videodarsimizda sizlar bilan Droidcam dasturidan foydalanib telefonimizni kompyuter veb kamerasi qilib ishlatishni va telefon mikrofonidan foydalanishni o‘rganamiz. Bundan tashqari dars davomida aynan ushbu dastur yordamida telefon kamerasini Zoom dasturiga ulashni ham o‘rganamiz. 
Dasturning 2 ta ya’ni bepul va pullik versiyalari mavjud. Bu degani dasturni alohida sotib olish kerak yoki u turli xil logolar chiqarib qo‘yadi degani emas. Dasturni bepul versiyasidan xohlaganimizcha, hech qanday logolarsiz foydalanishimiz mumkin.