Hayotdan tashqaridagi hayot

28-Apr, 17;25 Mirshohid 1 981
2013-yil yoz oylarida internetdan foydalanishni boshlagan bo‘lsam, shu paytda qiziquvchanligim sabablik juda qisqa muddat ichida, oddiy telefon yordamida mobil sayt yaratish va uning dizaynlari bilan ishlashni o‘rganganman. 
Ismim Mirshohid familiyam Ismatov, hozirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasiman. Hozirda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar media markazi va universitetimizda ish faoliyatimni olib boraman.
Maktab davrlarimda, aniqrogʻi 5-sinfda tahsil olayotganimda kompyuter dasturlarini yaratishga qiziqib, maktabni tamomlagan tanishimdan boshlangʻich koʻnikmalarni oʻrgana boshlaganman, har kuni yangi narsa oʻrganib, uyda, kompyuterimni qiynar edim. Keyinchalik oddiy veb sahifalarni tayyorlashni boshladim. Lekin bu turdagi narsalarni maktabda o‘qitilmas edi. Shuning uchun yuqori sinfda oʻqiydiganlarning kitoblarini olib, nimadurlar qilar edim. 
Birinchi marta internetda ishlatgan tarmog‘im mail.ru platformasi bo‘lgan va bu 2011-yillarda edi. Unda hozirgi darajagacha kelish haqida hayolimdan fikr o‘tmagan desam ham bo‘ladi. Orada ancha yil interneti ishlatmasdan, photoshop va ulead dasturlarida turli ishlar qildim. 2013-yilda, dadamlarning ishxonalariga yordam berish uchun bora boshladim. Ishxona tuman markazida joylashgani uchun internet yaxshi ishlar edi va shu paytda internetdagi mobil forumlar, turli kichik maqolalarni topa boshladim. Bu vaqtda Odnoklassniki platformasi juda avjiga chiqgan edi. Turli xil savdolar , aldovlar va hakazo. Hakker deb qo'yishar edi. Shu paytda Buxorolik bir bola bilan tanishganman(ayni damda ham aloqalar saqlanib qolgan), ayrim narsalarni o‘rgatgan va shu bilan 3 oy ichida o‘zimni ustimda qayta-qayta ishlashim natijasida kerakli darajada sayt yaratishni o‘rganganman. Shundan keyin php va boshqa narsalarni o‘rgana boshladim, 2016-yilga qadar M-Files001 tahallusi bilan ko‘plab ishlar qildim, mobil sayt tizimlaridan foydalanib boshqa turdagi modullar va platformalar uchun scriptlar yaratdim. Agarda xohlasangiz bu haqida keyinchalik alohida aytib beraman.
2015-yil oxiri, 2016-yil boshi edi, uyga simlik internet o‘rnatdik, bunga ham sabablar ko‘p edi. Ulardan biri shunchaki pul topish. O‘ylashimcha ko'plar bu narsani orzu qilsa kerak.
Avvaliga eski ish, saytlar bilan ishlab yurdim, keyinchalik bu soha menga qiyinlik tug‘dirishini bilib, boshqa soha qidira boshladim. Chunki aynan o‘sha vaqtlarda o‘zimni uzoqroqda ko‘ra olmadim.
64-128kbit/s lik internet bilan boshlangan ishlar astalik bilan meni media olamiga, videolar, youtubega torta boshladi. Tas-ixga ulanish tezligi yaxshiroq bo‘lgani uchun asosan mahalliy mover platformasini aylanar edim. Kunlarning birida BeCreative degan kanalga ko‘zim tushdi va menda vaqtinchalik mavjud bo‘lgan kameradan foydalanib qandaydir videolarni olishga harakat qilib, ularni internetga ham joylaganman. Ajoyib holatlar bo‘lgan. Keyinchalik YouTube'da kanal ochishni boshqa bir tanishim taklif qilgan, avvaliga boshqa odamlar hozir xohlashadigan ko‘p pul ishlash xohishi mavjud edi. Hozir esa unday emas. Shu bilan youtube'ga kirib kelganimdan so‘ng ko'plab videoblogerlarni topganman, ulardan misol qilib Nodir Zokirovni aytishim mumkin, o‘zlarining ko‘plab maslahatlarini ulashganlar va aynan o‘sha maslahatlar ko‘p foyda bergan. Lekin uzoq vaqtgacha kamerani oldiga chiqib gapirishda muammolar bo‘lar edi(balkim texnikalar uchun pul va sharoit bo‘lmagani uchundir), bilmadim, bu dangasalikmi yoki boshqa narsa. 
Ammo, yo‘l meni hozirda mutlaqo boshqa tomonga chorladi. Ya'ni videomontaj va ushbu sohaning boshqa bo'limlariga. Mana salkam 4 yil (umumiy hisobda 6 yil), juda ham ko‘plab narsalarni o‘rgandim. Devorlarni (komfort hududlarni) maktabdan so‘ng yorib o‘tishim, kollej paytida ham amaliyotlarni o‘zim yashab turgan hududda emas, aynan internet orqali tanishgan (BeCreative jamoasi) va ko‘plab yordami tekkan odamlar bilan o‘tkazganim hamda hozirda o‘zimning sohamga yaqin bo‘lgan universitetda o‘qiyotganim aynan shu sababli deb bilaman.
Kollejni tamomlashdan so‘ng rejalar aniq edi, lekin barchasi birdaniga o‘zgardi, O‘zbekistondagi universitetga grant asosida o‘qishga qabul qilindim, ishga joylashdim va mutlaqo begona bo‘lgan hayotda yashashni boshladim, tanishlar orttirdim, nufuzli shaxslar bilan faoliyat yuritdim (hozirda ham) hamda hayotning ma'lum miqdordagi past-u balandliklarini ko‘rdim. 
Aynan shu joygacha kelishimga yordam berishgan ota-onamga birinchi rahmatimni aytaman. Bundan tashqari hozirgacha yordamini ayamasdan kelayotgan ko‘plab odamlar, hamsuhbatlarim bor. Bundan juda ham hursandman. (O‘ylaymanki ularning barchasiga alohida ta'rif berish shart emas).
Sizning hayotingizni o‘zgartirgan qanday kichik voqealar mavjud, ushbu postning izohlar qismida yozib qoldiring.