Tilni bolalardek o‘rganing
Agarda siz qandaydir chet tilini o‘rganishni xohlasangiz, aynan qaysi usullardan foydalanib o‘sha tilni o‘rganishni boshlar edingiz? Tayyorlov kurslariga boribmi yoki osonroq usullarini qo‘llagan holdami? Menimcha ko‘pchilik osonidan boshlasa kerak. Shu o‘rinda yana bir ajoyib gapni misol qilib keltirmoqchiman, "Biror bir ishni dangasaga berib qo‘ysangiz, u albatta oson yo‘lini qidirib topadi". Deyarli menda ham aynan hozir shunday bo‘lgan. Bularga keyingi keyinchalik to‘xtalib o‘tamiz. Hozir men sizga til o‘rganishning samarali usulidan foydalanish haqida aytib bermoqchiman. Ushbu usuldan foydalanib xohlangan tilni unchalik ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi. Bu tilni "Bolalardek o‘rganish" uslubi deb nomaladi.
Doktor J.Marvin Brown
1984-yili Bonkokdagi Amerika Universiteti Til Markazi Thai tilini yangicha usul bilan o‘rgata boshladi. Bu usulning nomi "Eshitish metodikasi". Yaqin yillar ichida bu metodika "Tilni Avtomatik Rivojlantirish" (TAR) deb nom chiqardi.
Bu metodda aytilishicha tilni avtomatik tarzda gapirish rivojlanishidan oldin, gapirishga bo‘lgan har qanday harakat (hattoki til haqida o‘ylash) zarar keltiradi va oxirigi natija qoniqarli bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, bu metodikada juda ham uzoq "sokin muddat" dan foydalaniladi.
"Sokin muddat" mobbaynida tinglovchilar e‘tiborlarini faqat eshitishga qaratishadi. 6-12 oy kuchayib boruvchi eshitish mashqlaridan keyin tinglovchilar tabiiy ravishda qiynalmasdan gapira boshlaydi, qiynalib o‘ylab ham o‘tirishmaydi.
BOLALARNING BIRINCHI SIRI:
Hammamizga ma’lum oila yangi davlatga ko‘chib borganida ularning bolalari oxiri oqibat huddi chet elliklardek gapira boshlaydi, lekin katta yoshdagilar gapira olmaydi. Buni ko‘pchilik "yosh bolalarda talant bo‘ladi va yosh o‘tgan sayin bu yo‘qolib boradi" deb o‘ylaydi.
Ustozlarning aytishicha katta yoshli insonlar tabiiy ravishda o‘rgatishni o‘rniga tilni o‘qitish kerak.
Lekin hozirgi o‘qitish uslubi bilan biz qoniqarli natijaga erishdikmi? Misol uchun nega markaziy Afrikalik voyaga yetgan insonlar yangi tilda gapiradigan yerga ko‘chib o`tganida zamonaviy talabalardan ko‘ra tezroq o‘rganib olishadi? Qadimda ustozlar adashganmikin? Balki kattalar ham yosh bolalar qilgan ishni qila olar? Balki ular yangi tilda gapirishga to‘sqinlik qilayotgan narsa (talant yetishmasligi emas) ularning nima ishlar bilan shug‘illanayotganliklaridur?
XATO - Bolalar kattalar qila olmaydigan bir ishni qila olishadi.
SO‘RALMAGAN SAVOL - Nima bo‘lar edi deb o‘ylaysiz. Kattalar ham bolalarga o‘xshab bir yil davomida umuman gapirmay faqat eshitish bilan shug‘illanishganida?
BIZNING JAVOB - Kattalar ham bolalar ham bu ishni to‘g‘ri qilishi mumkin, lekin faqatgina kattalar noto‘g‘ri qilishlari mumkin.
Tasavvur qiling, 4 yoshli bola va katta yoshli inson - birov unga gapirganda nima qiladi? Bola ko‘pincha faqat eshitadi. Ammo lekin kattalar ya‘ni katta yoshli insonlar unga javob qaytarishga harakat qilishadi. "Gapirishga harakat qilmaslik" bolaning siri bo‘lsachi? Har doim 100% to‘g‘ri gaplarni eshitish tilni to‘g‘ri rivojlanishiga olib keladi, lekin noto‘g‘ri gaplarni aytish, xato bilan gapirish tilni noto‘g‘ri rivojlanishiga olib keladi.
Agar kattalar bolalar qilgan ishni qilsa (ya’ni 1 yil mobaynida gapirishga harakat qilmasdan faqat eshitsa) nima bo‘lishi mumkin?
1984 - yili AU til markazi Thai tilini o‘rgatish uchun aynan shu uslubni qo‘llay boshladi. Ya’ni tinglovchilar yangi tilda umuman gapirmasdan bir yil davomida faqat tinglashadi. Biz shuni tushunib yetgan narsa shu bo‘ldiki, kattalar huddi bolalar erishgan natijaga erishishlari mumkin ekan. Agar kattalar tabiiy suhbatlarni hayotiy holatlarda, gapirishga harakat qilmay, butun 1 yil davomida tushunsa, aniq talaffuz bilan 100% ravon gapirishavtomatik tarzda kelib chiqar ekan.
Kattalar bilan bolalarning o‘rtasidagi farq bu kattalar tilni o‘rganish qobilyatini yo‘qotganida emas balki bolalar hali tilni noto‘g‘ri o`ranish qanaqa bo‘lishini bilmasliklaridadur (ya’ni til o‘rganishni, gapirishga majbur qilib, buzib yuborishda)
Majburan gapirish kattalarga zarar yetkazadi. Qoidalar, tarjimalar va hakazolar bilan o‘zini aytayotgan har bir so‘zini ongli ravishda o‘ylash kattalarni huddi Amerikalik yoki Angliyaliklardek gapirishdan to‘xtatib qoladi.
Tabiiy gapirish (avtomatik tarzda kelib chiqadigan gapirish) zarar yetkazmaydi (hattoki xato bo‘lgan taqdirda ham). Zarar xato qilishdan kelib chiqmaydi; til haqida o‘ylashdan kelib chiqadi.
Biz sizga taklif qilmoqchi bo‘lgan gap quyidagicha: bolalar huddi chet elliklardek gapiradigan bo‘lib qolishlariga sabab bitta! Ular gapirishni eshitib o‘rganishadi. Va kattalar bu ishni uddalay olmasligini sababi esa ular gapirishni gapirib o‘rganishadi.
Juda ham ko‘p gapirishadi.
Formula mana bunday: "Eshiting", "Gapirmang" va "Sabrli bo`ling". Ana endi bu faqat bolalarning siri emas. Bu hammaning siri. Bolalarni til o‘rganishni chin dildan bajarishiga qaramasdan kattalar ancha tezroq bajarishlari mumkin.
IKKINCHI SIR - TAR QANDAY ISHLAYDI?
Ko‘pchilik til ustozlari har doim o‘quvchilarini ilojisi boricha ko‘proq gapirtirishga harakat qilishadi va to‘g‘ri gapirish uchun gapni aytishdan oldin yaxshilab o‘ylashni aytishadi. Meni aytmoqchi bo‘lgan gapim shuki, aynan shunday gapirish kattalarni tilni zo‘r o‘rganishdan to‘xtatib qoladi.
UCHINCHI SIR - TAR'DAN DARSDA FOYDALANISH
Yangi davlatga ko‘chib kelgan bolalarga e‘tibor bersak biz ularni "eshitib, kulib, kuzatib" yurganini ko‘ramiz. Bolaning siri: quloqlar ochiq, og`iz yopiq, testlar yo‘q. Ular 2 yil ichida huddi chet elliklarga o‘xshab gapiradigan darajaga chiqishadi.
Lekin butun dunyodagi til darslariga e’tibor bersak aynan shuni aksini ko‘rishimiz mumkin; qulolar deyarli yopiq (o‘rganuvchilar ko‘zlardan foydalanishadi), og‘iz ochiq va juda ko‘p testlar. Juda ham kam o‘rganuvchilar chet elliklar kabi gapirish darajasiga chiqishadi.
Hozirgi zamon o‘rganuvchilari uchun ikki narsa kerak.
Birinchi, ular yangi tilda bo‘layotgan ishlar shunaqangi darajada qiziq (kulguli, hayajonli, oxiri nima bilan tugashini istagi va hakazo) bo‘lishi kerakki, ular til o‘rganayotganini unitib qo‘ysin.
Ikkinchi, ularning tushunish darajasi yetarli darajada baland bo‘lishi kerak va bu birinchi kundanoq 80-100% degani!
Ustozlarni qiziqarli va tushunarli qilib dars o‘tishga ko‘p vaqt talab qiladi. Ammo lekin muvofaqqiyatning siri shunda! Yangi yilni chet elliklardek gapirish siri bu qiziqarli va tushunarli narsalarni eshitish va uzoq "sokin muddat".
Boshqa postlar:
Filmorada matnlar bilan ishlash (2-dars)
Filmora dasturida matn (text)lar bilan ishlash qiziqarli va
Rasmni ranglar va effektlar bilan ishlash (2-qism)
10-darsimni Photomastering darsining davomi
PicsArtda telegram sticker tayyorlash
Endilikda siz telefon uchun bepul(adashmasam hozir pullik) dasturdan foydalangan holatda
Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha 10 ta maslahat
Ko‘pchilik til o‘rganuvchilari qanchalik ko‘p ingliz tilida
Hayotdan tashqaridagi hayot
2013-yil yoz oylarida internetga kirishni boshlagan bo‘lsam, shu paytda qiziquvchanligim
Minimum 50 ta belgi